Jahon | 23:05 / 09.10.2015
13029
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada 200 nafar jangari yo‘q qilingani videosini chop etdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada “Liva-al-Haq” terrorchilik guruhi shtabiga aviazarbalar berilgani videosini chop etdi. 

Video Mudofaa vazirligining YouTube videoportalidagi rasmiy kanalida joylashtirildi.

Avvalroq Rossiya aviatsiyasi zarbalar davomida Suriyadagi “Liva-al-Haq” terrorchilik guruhi shtabini yo‘q qilgani ma'lum qilingandi. Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari general-leytenant Igor Makushevning aytishicha, hujum oqibatda IShIDning 2 nafar dala qo‘mondoni va 200 ga yaqin jangarisi yo‘q qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish