Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Suriya muxolifati bilan aloqa o‘rnatishda Buyuk Britaniyadan yordam so‘ramoqda
Rossiya Buyuk Britaniya vakillariga IShIDga qarshi kurashda sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida "Suriya ozod armiyasi" bilan aloqalar o‘rnatishda yordam berish iltimosi bilan murojaatnoma yubordi, deb ma'lum qilmoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Aleksandr Yakovenko (Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi – tahr.) aytganidek, Rossiya britaniyalik hamkorlariga Suriya qurolli kuchlari va "Suriya ozod armiyasi" o‘rtasida IShIDga qarshi kurashda sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha "Suriya ozod armiyasi" bilan aloqa o‘rnatishdagi hamda uning siyosiy jarayonga qo‘shilishidagi ko‘magiga minnatdor bo‘lardi", deb ta'kidlanmoqda elchixona matbuot xizmati vakillari xabarida.
Bu iltimos Yakovenkoning Buyuk Britaniya TIV siyosiy direktori bilan uchrashuvida ma'lum qilindi.