Jahon | 11:57 / 09.10.2015
9489
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni suriyalik isyonchilarga yordam berishni kuchaytiradi

Saudiya Arabistoni Suriyadagi uchta isyonchi guruhga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytiradi. Bu haqda G‘arb matbuoti mamlakat hukumatidagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Aytilishicha, Saudiya hukumati tanklarga qarshi qurollarni isyonchilarga yetkazib, prezident Bashar Asad armiyasiga qarshi ketayotgan kurash samaradorligini oshirmoqchi.
Shu bilan birga, yordam IShID yoki “Jabhat an-Nusra” singari guruhlarga berilmasligini ishontirib aytdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish