Sport | 07:06 / 09.10.2015
3750
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Irlandiya terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Yevropa Chempionati uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Yevro-2016 uchun saralash bosqichining F guruhidan joy olgan Shimoliy Irlandiya terma jamoasi 9-tur o‘yinlaridan keyinoq, musobaqada ishtirok etishini kafolatladi.

8 oktabr kuni o‘tkazilgan bahslar davomida shimol irlandlari Gretsiya terma jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mezbonlar safida Stiven Devis (dubl) va Josh Martinesning gollari g‘alabani ta'minladi. Javob goli esa Xristos Aravidis tomonidan yo‘llandi.

Bu g‘alabadan keyin Shimoliy Irlandiya hisobidagi ochkolar soni 20tani tashkil etmoqda. Keyingi turda jamoa qanday natija qayd etishidan qat'i nazar uchinchi o‘rindagi Vengriya (16 ochko) bu terma jamoaga yeta olmaydi. Vengrlar ikkinchi o‘rin uchun ruminlar (17 ochko) bilan kurashadi.

Shimoliy Irlandiya — Gretsiya — 3:1
Gollar: Devis, 35 (1:0); Madjyennis, 49 (2:0); Devis, 58 (3:0); Aravidis, 87 (3:1).