18:04 / 09.10.2015
5089

Suriya armiyasi 100 nafardan ortiq jangarini bartaraf qildi

Suriya prezidenti Bashar Asad armiyasi amalga oshirilgan keng miqyosli harbiy amaliyotlar natijasida 100 nafardan ortiq jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Sana agentligi harbiy manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Manbaning ma'lum qilishicha, Hama viloyatida 2 kun davom etgan harbiy amaliyotlar natijasida 77 nafar jangari o‘ldirilgan.

Bundan tashqari suriyalik askarlar tomonidan Kaft-Zeyt shahrida jangarilarga tegishli 5ta harbiy mashina yo‘q qilingan. Tallet al-Sayodda esa bunday mashinalardan uchtasi ishdan chiqarilgan.

Halab shahrida yuz bergan to‘qnashuvlardan keyin esa 50 nafar jangari yo‘q qilingan.

Biroz oldinroq, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov rossiyalik harbiylar Suriya armiyasining keng ko‘lamli hujumlarida yordam berishda davom etishini aytib o‘tgandi.

Top