Jahon | 23:13 / 09.10.2015
4835
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada Rossiya aviazarbasi tufayli IShIDning ikki nafar dala qo‘mondoni halok bo‘ldi

Rossiya aviazarbalari natijasida Suriyadagi “Liva-al-Haq” terrorchilar shtab-guruhi yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda TASS.

Bosh shtab qo‘mondon o‘rinbosari general-leytenant Igor Makushevning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida IShIDning ikki nafar dala qo‘mondoni va 200 jangarisi yo‘q qilingan.

“KAB 500-S bombasining tashlanishi natijasida “Liva-al-Haq” terrorchilar shtab-guruhi yo‘q qilindi. Shu bilan birga IShIDning ikki nafar dala qo‘mondoni va 200 jangarisi yo‘q qilingan”, - dedi Makushev.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish