Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:45 / 10.10.2015
4200
1 daqiqa o‘qiladi
AP: Turkiyada Anqaradagi teraktni OAVda yoritish borasida qisman taqiqlov kiritildi
Turkiya hukumati 10 oktabrda Anqarada sodir bo‘lgan teraktni OAVda yoritish borasida qisman taqiqlov kiritdi, deb xabar bermoqda Turkiya hukumatidagi vakilga iqtibos keltirgan holda TACC axborot agentligi.
Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, portlash lahzasi muhrlangan, “dahshatli va qonli lavhalar” hamda “qo‘rquv hissini uyg‘otuvchi” terakt bilan bog‘liq suratlarni chop etish taqiqlanadi.
Hukumat OAVni agar ushbu talablar buzilsa, teraktni yoritishga to‘liq taqiqlov kiritishi haqida ogohlantirdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish