19:29 / 10.10.2015
4763

AQSh va ittifoqchilar Iroqqa 20 marta, Suriyaga esa 5 marta aviazarba berishdi

AQSh va koalitsiya a'zolari AQSh boshchiligida juma kuni Iroqdagi IShIDning marralariga 25, Suriyadagi marralariga esa 5 aviazarba berdi. Bu haqda AQSh havo kuchlarining markaziy boshqarmasi xabar qilmoqda.

Suriyadagi avizarbalar El-Xasaka, Rakka, Manbij, Mara va Palmira shaharlariga berildi. AQSh harbiylarining ma'lum qilishicha, bir bino yo‘q qilingan, IShIDning bir taktik texnikasi, besh avtomobili, shuningdek, Palmirada bir ekskovator yo‘q qilingan, ikkinchisi ishdan chiqarilgan.

Iroqda esa Falluji, Kirkuka, Mosula, Er-Ramadi, Sinjara va boshqa shaharlarga aviazarbalar berildi. AQShlik harbiylarning ma'lum qilishicha, jangarilarning raketa qurilmasi, pulemyot pozitsiyasi, mashq maydoni hamda omborxonasi yo‘q qilingan. Koalitsiya orasidan yuqotishlar yo‘q,jangarilar orasidagi yuqotishlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Top