23:57 / 10.10.2015
5380

Blatterning sobiq rafiqasi uni himoya qilmoqda

FIFA prezidenti Yozef Blatterning sobiq rafiqasi Gratsiyella Blatter-Byanka sobiq turmush o‘rtog‘i tushib qolgan vaziyatga o‘z fikrini bildirdi.

“Hozir hamma uni ayblashga tushib ketdi, biroq hech kim u futbol, ayniqsa ayollarning, jumladan amaldorlik borasidagi holatini yaxshilash uchun qanday ko‘p narsa qilganini inobatga olishni xohlamayapti”, deb aytdi Gratsiyella Blatter-Byanka Tages-Anzeiger nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oxirida Shveytsariya prokuraturasi Blatterga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Blatter mas'uliyatsizlik va tamagirlikda gumon qilinmoqda. 8 oktabrda FIFAning axloq bo‘yicha qo‘mitasi Blatterni 90 kunga o‘z lavozimidan chetlatdi.

Top