10:10 / 10.10.2015
14070

BMT: Markaziy osiyolik jangarilar IShIDda yuqori lavozimlarni egallagan

IShID va “Front an-Nusra” guruhlarining yuqori lavozimli qo‘mondonlari orasida Markaziy Osiyodan chiqqan jangarilar bor. Bu haqda 8 oktabr kuni BMTning rus tilidagi yangiliklar xizmati jahon tashkilotining Aksilterror qo‘mitasi tayyorlagan xorijiy jangari-terroristlar to‘g‘risidagi hisobotiga asoslanib xabar qildi.

“Al-Qoida” tarmog‘iga aloqador guruhlar ro‘yxati tarkibiga Markaziy Osiyodan 3ta terrorchilik tashkiloti: O‘zbekiston islom harakati, “Islom jihod kengashi” va “Sharqiy Turkiston islom harakati” kiradi. Markaziy Osiyodan xorijiy jangari-terrorchilarni ilintirish asosan O‘zbekiston islom harakati qo‘li bilan amalga oshiriladi, deya xabar berdi BMT.

Top