Jahon | 23:27 / 10.10.2015
4001
1 daqiqa o‘qiladi

Chadda sodir bo‘lgan terakt natijasida 37 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi

Chadda sodir bo‘lgan uchta portlash natijasida 37 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qilmoqda Reuters.

Agentlikning ma'lum qilishicha, portlashlar bozorda va qochoqlar lagerida sodir bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning aniq soni ma'lum emas.

Mamlakat hukumati teraktda “Boko Haram” terrorchilik guruhining qo‘li borligini gumon qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish