09:16 / 10.10.2015
3803

David Silva Lyuksemburgga qarshi o‘yin vaqtida jiddiy jarohat oldi

"Manchester Siti" jamoasining ispaniyalik yarimhimoyachisi David Silva terma jamoa safida Yevro-2016 saralashi doirasida Lyuksemburgga qarshi kechgan (4:0) bahsda jarohatlandi.

Silva o‘yinning 10-daqiqasidayoq to‘piq qismidan jarohat olishi tufayli o‘yinni davom ettira olmaydigan bo‘ldi.

Uning o‘rniga o‘yinni "Manchester Yunayted"da o‘ynaydigan boshqa bir ispaniyalik futbolchi Xuan Mata davom ettirdi.

Silvaning qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum emas.

Biroz avvalroq, "Manchester Siti"ning asosiy hujumchisi Serxio Aguero Argentina terma jamoasi safida Ekvadorga qarshi kechgan o‘yinda jarohat olishi tufayli, bir oy davomida o‘yinlarda ishtirok eta olmasligi xabar qilingandi.

Top