22:51 / 10.10.2015
2804

Eden Azar: “Hozir faoliyatimdagi eng og‘ir bosqichni boshimdan o‘tkazayapman”

Londonning “Chelsi” futbol jamoasi yarimhimoyachisi Eden Azar jamoaning mavsumdagi muvaffaqiyatsiz startiga izoh berib o‘tdi.

“Menimcha, hozir faoliyatimdagi eng og‘ir bosqichni boshimdan o‘tkazayapman. Har doim parvozlar va qulashlar bo‘ladi. Bizning omadsizliklarimizning sababi nimadaligini bilmayman. Vaziyatni yaxshilash ustida ishlashni davom ettirish kerak.
Milliy terma jamoada bo‘lish doimo xush keladi, klubda ishlar yaxshi ketmayotganda, bu ikki martalab foydaliroqdir. Men yaxshiroq o‘ynay olishimni bilaman. Men jamoaga g‘alaba qilishida yordam berishim kerak”, deb aytmoqda Azar.

Azar Angliya chempionatidagi 8 ta o‘yinda hali birorta ham gol urmadi, biroq uchta golli uzatma amalga oshirdi.

Top