08:21 / 10.10.2015
4622

Yevro-2016 saralashining «G» guruhida 9-tur o‘yinlari o‘tkazildi

Yevro-2016 saralash bosqichi doirasida "G" guruhi yetakchilari 9-turda g‘alaba qozonishdi.

Rossiya Kishinyovda Moldovani mag‘lub etgan bo‘lsa (2:1), Avstriya safarda Chernogoriyadan ustun keldi (2:3). Shvetsiya Lixtenshteyn bilan o‘yinda (2:0) 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Chernogoriya mazkur mag‘lubiyatdan keyin 3-o‘rin uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

Avstriya muddatidan avval yo‘llanma taqdirini hal qilgan. Ikkinchi yo‘llanma uchun kurashayotgan Rossiya va Shvetsiya o‘rtasidagi ikki ochkolik farq saqlanib turibdi. Ruslar so‘nggi turda Chernogoriyani qabul qilishadi. Mazkur o‘yindagi durang natija Slutskiy shogirdlarini Yevropa chempionatiga olib chiqadi. Shvetsiya esa so‘nggi turni Moldovaga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.

Yevro-2016 saralash, "G" guruhi, 9-tur
Moldova – Rossiya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 58 Ignashevich, 0:2 – 78 Dzyuba, 1:2 – 85 Chebotaru.
Moldova – Koshelev, Burgyu, Jardan, Armash, Bordiyan, Onika (Ambros, 79), Chebotaru, Karp (Vremya, 70), Milinchanu (Istrati, 88), Spetaru, Antonyuk.
Rossiya – Akinfeyev, Ignashevich, Smolnikov (Kuzmin, 27), Berezutskiy, Kombarov, Shirokov (Glushakov, 76), Denisov, Mamayev, Shatov, Dzyuba (Smolov, 88), Kokorin.
Ogohlantirishlar: Kombarov (42), Antonyuk (57), Mamayev (75).

Lixtenshteyn – Shvetsiya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 18 Berg, 0:2 – 55 Ibragimovich.
Lixtenshteyn – Yyele, Kristen (Kiber, 82), Ori, Rexshtayner, Polverino (Gubser, 59), Vizer, Byuxel, Burgmayyer, Byuxel, Kyune (Yldyz, 72), Frik.
Shvetsiya – Isaksson, Olsson, Antonsson, Lyustig, Grankvist, Chelstrem, Ekdal (Levitski, 66), Zengin, Durmaz (Larsson, 70), Ibragimovich, Berg (Gvidetti, 62).
Ogohlantirishlar: Chelstrem (48), Lyustig (60), Rexshtayner (90).

Chernogoriya – Avstriya 2:3 (1:0, 1:3)
Gollar: 1:0 – 32 Vuchinich, 1:1 – 55 Yanko, 2:1 – 68 Bechiray, 2:2 – 81 Arnautovich, 2:3 – 90 Zabittser.
Chernogoriya – Poleksich, Simich, Savich, Tomashevich (Balich, 74), Marushich, Vukchevich, Rodich, Bolevich (Zverotich, 56), Bechiray, Mugosha (Mandich, 64), Vuchinich.
Avstriya – Almer, Predl, Alaba (Zabittser, 82), Fuks, Dragovich, Xarnik, Baumgartlinger, Arnautovich, Yunuzovich (Yancher, 82), Klyayn, Yanko (Okoti, 82).
Ogohlantirishlar: Poleksich (78), Vuchinich (87).
Chetlatish: Vuchinich (87).

Top