Jahon | 15:45 / 10.10.2015
9866
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda Turkiyadagi miting chog‘ida uyushtirilgan portlash videosi paydo bo‘ldi

Internetda Turkiyaning Anqara shahridagi mitingda ro‘y bergan portlash tasvirlangan videoyozuv paydo bo‘ldi.
Hodisa guvohlari Anqara temir yo‘l stansiyasi oldida sodir bo‘lgan portlash jarayonini tasvirga olishga ulgurishdi. Rolik Twitter ijtimoiy tarmog‘ida e'lon qilindi.
Avvalroq 10 oktabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida sodir etilgan portlashlar tufayli 30 kishining halok bo‘lgani, 126 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Anqara markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan terakt sodir etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish