22:14 / 10.10.2015
5734

Kurdiston ishchi partiyasi Anqara bilan yarashishini e'lon qildi

Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi noyabrdagi saylovlargacha Turkiya hukumati bilan yarashishini e'lon qildi.

Kurd faollari bu haqda Anqaradagi urushga qarshi namoyishda sodir bo‘lgan teraktlargacha e'lon qilishni rejalashtirgan edilar.

Kurdiston ishchi partiyasining bayonotida aytilishicha, partiya agar uning jangchilariga hujum qilinsa tinchlik sulhini to‘xtatishi mumkin.

Turkiya hukumati hozircha bu tashabbusga izoh bermadi. Turkiyada umumiy saylovlar 1 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Kurd qurollangan tuzilmalari vakillari iyulda Anqara bilan yarashish Iroqning shimolida kurdlar lageriga Turkiya harbiy-havo kuchlari tomonidan aviahujumlardan keyin o‘z mazmunini yo‘qotganini aytgan edilar.

Bu hujum Turkiya va kurd isyonchilari o‘rtasida harbiy harakatlarga taqiqlov e'lon qilingan 2013 yil bahoridan beri Turkiyaning kurdlarga qarshi harbiy kuch ishlatgan birinchi holat bo‘lgandi.

Turkiya va o‘z mustaqil davlatini tuzish uchun kurashayotgan kurdlar o‘rtasidagi ixtilof 30 yildan beri davom etib keladi. 40 mingdan ko‘proq odam bu ixtilofning qurbonlariga aylangan.

Top