Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Twitter rahbariyati xodimlarining katta qismini ishdan bo‘shatadi
Keyingi haftada Twitter kompaniyasi o‘zining barcha bo‘limlari bo‘ylab xodimlarning keng miqyosli qisqartirilishlarini amalga oshiradi. Bu haqda Recode o‘z manbalariga asoslanib, xabar bergan.
Bunday xabarlar 5 oktabr kuni Twitter mikrobloglar xizmati asoschisi Jyek Dorsi doimiy asosda Twitter Inc. kompaniyasining bosh direktori etib tayinlanidan keyinoq paydo bo‘lgandi.
Manbaning aytishicha, Dorsining kompaniya direktorligiga qaytishi xodimlarning ishdan bo‘shatilishiga asosiy sabab bo‘ladi.
Aynan qancha miqdordagi ishchilarga javob berilishi bo‘yicha aniq ma'lumotlar yo‘q. Qisqartirishlar barcha bo‘limlarni qamrab olishi aytilgan.
Shuningdek, bu qaror orqali kompaniyada samaradorlikni oshirish mo‘ljallangani aytilmoqda.
Kompaniya tomonidan bu xabarlarga munosabat bildirilmagan.
Biroz oldinroq, Tvitter asoschilaridan yana biri Evan Uilyams Bloomberg nashriga bergan intervyusida Jyek Dorsi kompaniya rahbarligi uchun ideal nomzod bo‘lmagani, bir vaqtning o‘zida ikkita kompaniyaga boshchilik qilish qiyinligi haqida aytib o‘tgandi. Dorsi Square to‘lov startapi rahbari lavozimini ham saqlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyulida Twitter ijtimoiy tarmog‘i bosh direktori Dik Kostolo iste'foga chiqishga qaror qilgandi.