Jahon | 19:59 / 10.10.2015
3112
1 daqiqa o‘qiladi

Misr Fransiyadan “Mistral” kemalarini sotib olish bo‘yicha kelishuvni imzoladi

Misr va Fransiya Qohira tomonidan vertolyot tashuvchi ikkita “Mistral” kemasini sotib olish shartnomasini imzoladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali marosim Qohiradagi “Al-Ittihodiya” saroyida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy va Fransiya bosh vaziri Manuel Vals ishtirok etdi.

Avvalroq Rossiya hukumati “Mistral”lar uchun yaratilgan vertolyotlarni Misrga taklif qilishga qaror qilgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish