Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Obama Rossiyaning Suriyadagi harakatlaridan siyosiy falaj bo‘ldi
AQSh prezidentida Yaqin Sharqdagi nizolarni hal etishda strategiyasi, mintaqadagi terrorizmga qarshi asosli rejasi, Suriyadagi qarama-qarshilikni hal etishda tayyorgarligi mavjud emas, deb yozadi The New York Times gayetasi muxbiri.
"Joriy yilda prezident Obama Suriya inqiroziga bo‘lgan munosabatini “sabr va qat'iyat bilan olib borilayotgan strategiya” deb atadi. Ammo ko‘pchilik Rossiya aviatsiyasining Suriya osmonida paydo bo‘lishini, Obama nazarda tutgan sabrning hosilasi bo‘lmish falajlik holati deb atadi", — deb vaziyatga sharh yozadi maqola muallifi.
Obamaning ittifoqchilari Suriyadagi vaziyatni o‘zgartirishlari dargumon ekanliklarini e'tirof etishmoqda. Obamaning o‘zida esa Rossiya bilan qarama-qarshilikka borish istagi yo‘q, deb ta'kidlaydi jurnalist.