Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek-Amerika Assotsiyatsiyasi Amerika va Kanadada yashovchi o‘zbeklar orasida eng yaxshi insho tanlovini e'lon qildi
Chikagodagi O‘zbek-Amerika Assotsiyatsiyasi O‘zbekistonda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 26 yilligi munosabati bilan hamda xorijda yashayotgan o‘zbek bolalari qalbida millat, til, vatan tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida Amerika va Kanadada yashovchi o‘zbeklar orasida eng yaxshi insho tanlovini e'lon qiladi.
Tanlov shartiga ko‘ra, insholar “O‘zbek tili -ona tilim”, “Men o‘zbekman”, “O‘zbekiston Vatanim mening” mavzularidan biri asosida yozilishi belgilangan.
Tanlov tashkilotchilarining kun.uz saytiga ma'lum qilishicha, unda ishtirokchi bolalar yoshiga qarab ikki guruhga ajratiladi. Jumladan, 1- guruhda 12 va 13 yashar bolalar taqdim etgan insholar ko‘rib chiqilsa, 2-guruhda 14, 15 va 16 yashar bolalarning kichik ijod namunalari baholanadi.
G‘oliblar bolalarga turli esdalik sovg‘alari taqdim etiladi.
E'londa keltirilishicha, insholarni qabul qilish 31 oktabr kuni to‘xtaladi. G‘oliblar esa 8 noyabr kuni e'lon qilinadi.
G‘oliblar insho ma'nosi, undagi grammatika, punktuatsiya hamda leksikologiya hisobga olingan holda aniqlanadi. Inshodagi so‘zlar soni 200-350 atrofida bo‘lishi talab etiladi.