Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: AQSh Suriya muxolifatiga yetkazib beriladigan uskunalarni nazorat etishi mumkin
AQSh Suriya muxolifatiga yetkazib berilayotgan qurol-aslaha va uskunalarni nazorat qilishi mumkin. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi vakili Kristin Uormutning ma'lumotiga asoslanib, RIA «Novosti» xabar bermoqda.
“Bizda ushbu uskunalarni nazorat qilish imkoniyati mavjud”, — dedi Uormut. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu imkoniyat Suriya muxolifatchilariga yordam berish dasturi doirasida ko‘rib chiqilgan.
Pentagon vakili Piter Kukning ma'lum qilishicha, AQSh Suriya muxolifatining ma'lum bir guruhlariga kerakli uskunalar va qurol-aslaha yetkazib beradi.