Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: Rossiya va AQSh Suriyada parvozlar xavfsizligi haqida yangi muzokaralarni olib boradi
Pentagon ushbu dam olish kunlari Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasida Suriya osmonida parvozlar xavfsizligi to‘g‘risida yangi harbiy muzokaralar bo‘lib o‘tishini ma'ulm qildi, deya xabar berdi Reuters.
“Mudofaa vazirligi (AQSh) Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligidan Pentagon tomonidan Suriya osmonida havo operatsiyalari xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha yuborilgan taklifiga rasmiy javob oldi”, - dedi Pentagon rasmiy vakili Piter Kuk.
Uning qayd etishicha, “vazirlik yetakchilari Rossiyaning javobini o‘rganmoqda, muzokaralar ushbu dam olish kunlaridan kech bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi”.