08:32 / 10.10.2015
5104

Peskov: Rossiya dunyoda yetakchilikka erishmoqchi emas, balki terrorchilar bilan kurashmoqda

Rossiyaning Suriyadagi sa'y-harakatlari dunyoda yetakchilik uchun kurashga emas, balki terrorchilik bilan kurashish va Suriyaning yaxlitligini saqlab qolishga qaratilgan, deb Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytgan so‘zlarini keltirmoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

“Gap bu yerda yetakchilikda emas, boshqa davlatlardagi kuzatuvchilar, tahlilchilar bildirayotgan aksariyat ko‘p nuqtai nazarlar AQSh bildirayotgan nuqtai nazarga diametral ravishda qarama-qarshidir. Men Rossiyaning roli, u amalga qiladigan maqsadlarni nazarda tutmoqdaman”, deb aytdi Peskov.

“Bu yerda asosiysi Rossiyaning IShID va boshqa terrorchilik guruhlariga qarshi kurashish va Suriyani yaxlit davlat sifatida saqlab qolishga qaratilgan sa'y-harakatlaridir”, deb ta'kidlab o‘tdi Peskov.     

Top