18:44 / 10.10.2015
6648

Peter Shmeyxel: Klopp «Liverpul»dagi ilk xatoga yo‘l qo‘yib bo‘ldi

"Manchester Yunayted" klubining sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tar ekan, u yangi jamoada ilk xatoga yo‘l qo‘yishga ulgurganini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Klopp yaqin 4 yil ichida mersisaydliklar bilan biror sovrinni qo‘lga kiritishga va'da bergandi.

"Klopp bunday va'da bermasligi kerak edi. U yangi jamoadagi ilk xatoga yo‘l qo‘yib bo‘ldi. Kloppdan avval ham ko‘plab murabbiylar shunga o‘xshash va'dalar bilan muxlislarni ovutishgandi. Bu va'dani bajarish oson emas, janob Yurgen", - deb yozadi Shmeyxel o‘zining tvitterida.

Ma'lumot uchun, Klopp "Borussiya" bosh murabbiyligida ikki marta Germaniya chempionatida g‘alaba qozongan, bir marta Germaniya Kubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2013 yilda dortmundliklarni Chempionlar ligasining finaliga qadar olib chiqqandi.

Top