Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Donbassda o‘t ochish to‘xtatilishini yarashish deb atadi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning aytishicha, Donbassda o‘t ochishning to‘xtatilishi ikki hafta davomida to‘laqonli yarashishga aylandi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
“Ukraina Qurolli kuchlarining favquloddagi sa'y-harakatlari, boshqa qurolli bo‘linmalar, ukrainalik diplomatlar, butun dunyodagi Ukraina taraf koalitsiya sa'y-harakatlari natijasida o‘t ochishni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldik. O‘t ochish to‘xtatilishi ikki hafta davomida yarashishga aylandi”, deb aytdi Poroshenko.
Avvalroq Ukraina harbiylari Donbassda yarashish tartibiga amal qilinayotganini ma'lum qilgandilar.