16:12 / 10.10.2015
5741

Qozog‘istonlik jinoyatchilar pul evaziga qamoqdan chiqarilmoqda

Qozog‘istonlik jinoyatchilar jarimalarni to‘lash orqali muddatidan oldin ozodlikka chiqishi mumkin. Bir yil uchun jarima miqdori 180 ming tengeni tashkil etadi, deya xabar qildi KTK.

Ular muddatidan oldin butkul qonun yo‘li bilan ozodlikka chiqishlari mumkin: mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjyetiga kelib tushadi. Jarima asosida muddatlarni o‘zgartirish Qozog‘iston shimolidagi koloniyalarda allaqachon boshlandi.

Jumladan, 20 yoshli Viktor Chijyevskiy qishloqdoshining uyiga kirib, o‘g‘irlik qilgani uchun 1 yil 8 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Muddatning 1 yarim yili o‘tib bo‘ldi, qolgan uch oy uchun u jarima to‘lab, ozodlikka chiqdi. Jinoyatchi jiyani uchun amakisi 30 ming tenge to‘ladi.
Qozog‘iston Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar 2015 yilning yanvarida kiritilgan edi. Mahbuslarni jarima evaziga ozodlikka chiqarish esa shimoliy hududlardagi koloniyalarda aprel oyidan boshlandi. Boshqa hududlarda esa keyinroq.

“Respublikada shu vaqtga qadar 300dan ziyod mahbuslar ozod qilinib, ular tomonidan 160 million tenge jarima to‘landi”, - deya ma'lum qildi Shimoliy Qozog‘iston viloyati prokurorlar boshqarmasi boshlig‘i Andrey Bessonov.
Qotillik, bosqinchlik, terrorizm bilan ayblangan jinoyatchilarga mazkur o‘zgartish taalluqli emas. Faqatgina o‘g‘irlik, tunash va ehtiyotsizlik oqibatida jinoyatlar sodir etganlar jarima evaziga muddatidan avval ozodlikka chiqishi mumkin.

Qamoqxonadan chiqarish sud qarori asosida amalga oshirilib, buning uchun koloniya rahbariyati tavsifnoma berishi lozim.
Jarima to‘lash bo‘yicha rekord natijani germaniyalik firibgar qayd etdi. U dastlab jabrlanuvchiga million tenge to‘lab, so‘ngra 400 ming tenge topshirdi va 2 yil avval qamoqdan ozodlikka chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Top