Jahon | 16:44 / 10.10.2015
12050
1 daqiqa o‘qiladi

«Rossiya 24» telekanali Mi-24 vertolyotlarining Suriyadagi IShID obektlariga bergan zarbalarini namoyish qildi

«Rossiya 24» telekanali Rossiya Qurolli kuchlarining Mi-24 vertolyotlari Suriyadagi IShID obektlariga bergan zarbalari tasvirlangan videoni namoyish qildi. Boshlovchining rolikka bergan izohida keltirilishicha, video arab mamlakati armiyasi askarlari tomonidan tasvirga olingan. Tasvirlarda Mi-24P vertolyotlarini ko‘rish mumkin.
Suriya TIV rahbari o‘rinbosari Feysal Mekdad 10 oktabr kuni mamlakatda terrorizmga qarshi kurashda Moskva BMT Xavfsizlik kengashining barcha talablariga rioya qilayotganini aytib o‘tdi.
Avvalroq esa Rossiya samolyotlari bir kun ichida Suriyadagi IShID jangarilarining 55ta obektiga 64 marta harbiy parvozni amalga oshirgani xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish