Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:38 / 10.10.2015
5114
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya samolyotlari bir kunda Suriyadagi IShID jangarilarining 55ta obektiga 64 marta harbiy parvozni amalga oshirdi
Rossiya samolyotlari bir kun ichida Suriyadagi IShID jangarilarining 55ta obektiga 64 marta harbiy parvozni amalga oshirdi, deya xabar qildi RIA “Novosti”.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi.
“Aviatsiyamiz harbiy parvozlari faolligining ortishi havo va koinot uskunalari tomonidan Suriya Arab Respublikasining butun hududi bo‘ylab aniqlangan yer usti maqsadlari to‘g‘risidagi razvedka ma'lumotlari sonining ko‘payishi bilan bog‘liq”, - dedi u.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish