Jahon | 17:41 / 10.10.2015
4576
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya TIV Anqaradagi teraktdan so‘ng mintaqada terrorizmga qarshi kurashayotganlarni birlashishga chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Anqaradagi teraktdan so‘ng terrorizmga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirish zarurligini ma'lum qildi.
Bu haqda vazirlikning rasmiy vakili Mariya Zaxarova aytib o‘tdi.
“Anqaradagi fojyea hududda terrorizm va uning ko‘p sonli tuzilmalariga qarshi kurashishda barcha mintaqaviy va nomintaqaviy sheriklarning kuchlarini birlashtirishning muhim ahamiyat kasb etishini yana bir marta tasdiqladi”, - deyiladi murojaatda.
Zaxarovaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya TIV “mazkur dahshatli aksiya”ni keskin qoralab, halok bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur hamdardligini izhor qilishdi.
“Mazkur vahshiyona jinoyat tashkilotchilari va ijrochilari albatta jazosini olishi kerak”, - deyiladi xabarda.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 10 oktabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahri markazida sodir etilgan portlashlar tufayli 30 kishi halok bo‘lib, 126 kishi jarohat oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish