Jahon | 16:16 / 10.10.2015
5947
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya armiyasi Idlib yaqinidagi vodiyni jangarilardan to‘liq tozaladi

Suriya harbiylari Idlib shahridan 25 kilometr masofadagi “Front an-Nusra” jangarilari nazorati ostida bo‘lgan Kin vodiysini terrorchilardan to‘liq tozaladi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.
Bu haqda Suriya armiyasining axborot bo‘limi rahbari general Samir Sulaymon ma'lum qildi.
“Xama provinsiyasidagi kichik Kin vodiysi to‘liq ozod qilindi. Bu yerda taxminan o‘nta aholi punkti joylashgan”, - dedi u.
Sulaymon, shuningdek, bir qator shaharlar, jumladan, Al-Baxsada yer osti yo‘llari tarmoqlari mavjudligi aniqlangan bo‘lib, ularda jangarilar hamon yashiringan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish