Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktni qoraladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 10 oktabrda amalga oshirilgan Anqaradagi teraktni qoraladi.
“Men Anqarada sodir bo‘lgan teraktni qat'iyan qoralayman. Bu Turkiyani barqarorsizlantirishga qaratilgan vahshiy teraktdir va bizning yaxlitligimiz, qardoshligimiz, kelajagimizni barbod qilishga qaratilgan. Biz birga bo‘lishimiz kerak. Terrorchilarga eng yaxshi javobimiz bizning hamjihatligimiz bo‘ladi. Barchani teran fikrlikni saqlab qolishga chaqiraman. Huquq-tartibot muassasalarimiz teraktni tergov qilish uchun barcha ishlarni amalga oshiradi”, deyilmoqda Erdo‘g‘anning yozma bayonotida.