Jamiyat | 10:45 / 10.10.2015
4446
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada mamlakat prezidentini haqorat qilgani uchun gazeta bosh muharriri hibsga olindi

Istambul sudi Turkiyaning Today's Zaman gazetasi bosh muharriri Byulent Keneshni mamlakat prezidenti Toyib Erdog‘anni haqorat qilgani uchun hibsga olish to‘g‘risida order chiqardi. Bu haqda mazkur nashr rasmiy saytida xabar qilindi.

Ular axborotga ko‘ra, Keneshga nisbatan bosh muharrir tvitterda go‘yoki prezident Erdog‘anni haqorat qilgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Bosh muharrirning o‘zi ushbu ayblovni rad etib, u hech qachon prezidentni haqorat qilmagani, barcha yozganlari so‘z erkinligi qonunlari doirasida ekanini ma'lum qildi.

Gazetaning qayd etishicha, 2014 yil avgust oyida Toyib Erdog‘anning prezidentlikka saylanishi vaqtida yuzlab odamlar prezidentga nisbatan haqoratda ayblangan edi. Nashr fikricha, bu mamlakatda so‘z erkinligiga tahdid soladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish