Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:06 / 10.10.2015
7052
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada sodir etilgan teraktda halok bo‘lganlar xotirasiga uch kunlik motam e'lon qilindi
Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Anqarada sodir etilgan teraktda halok bo‘lganlar xotirasiga mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Eslatib o‘tamiz, Anqarada turli so‘l tashkilotlar va kasaba uyushmalari vakillari tomonidan o‘tkazilayotgan miting vaqtida ikkita terakt sodir bo‘ldi. Qurbon bo‘lganlar soni 86 nafarga yetgan.
Hukumat bu voqeani terakt deb e'lon qildi. Teraktlardan birini terrorist-kamekadze amalga oshirgani ma'lum bo‘ldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish