Jahon | 02:07 / 10.10.2015
5240
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Putin 11 oktabrda Abu-Dabi shahzodasi bilan Sochida uchrashadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11 oktabrda Abu-Dabining valiahd shahzodasi Muhammad Al Nahayan bilan Sochida uchrashadi, deb xabar bermoqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.   

“11 oktabrda Sochida “Formula-1” poygasining Rossiya Gran-prisi bo‘lib o‘tadi. Prezident Putin u yerda Abu-Dabining valiahd shahzodasi bilan uchrashadi. Alohida uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tadi”, deb aytdi Peskov jurnalistlarga.

Peskovning aytishicha, boshqa aloqalar ham bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish