Jahon | 12:34 / 10.10.2015
4960
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya va AQSh 2017 yilda yangi avlod raketasi ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yadi

Yaponiya AQSh bilan hamkorlikda SM3 Block 2A raketalarini yaratish bo‘yicha ish olib bormoqda. AQSh bilan Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha boshqarma vakili rahbari Xideaki Vatanabening ma'lum qilishicha, bu jarayon 2017 yilda yakunlanadi.

"Yaponiya AQSh bilan hamkorlikda mudofaa maqsadida qo‘llaniladigan SM3 Block 2A raketalarini yaratish ustida ishlarni davom ettirmoqda. Biz 2017 yilning martigacha bu loyiha bo‘yicha ijobiy natijalarga erishishni rejalashtirganmiz. Shundan so‘ng raketalarni ishlab chiqarishni ham boshlaymiz", deydi Xideaki Vatanabe Yaponiyadagi "Nixon keydzay" nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Yaponiya va AQSh SM3 Block 2A raketalarini yaratish loyiha bo‘yicha hamkorlikni 2006 yilda boshlagan. 2015 yilning yozida Kaliforniyada bu raketa ilk bor sinovdan o‘tkazildi.

Bu raketa 2018 yilgacha yanada takomillashtirilishi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish