Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqaradagi portlashdan halok bo‘lganlar soni 128 nafarga yetgani xabar qilindi
Turkiyada kurdlar manfaatlarini himoya qiluvchi Xalq-demokratlar partiyasi Anqarada sodir etilgan portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 128 nafarga qadar oshganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
Partiyaning oydinlik kiritishicha, sakkiz kishidan tashqari barcha halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlashtirilgan.
Rasmiy xabarlarda esa qurbonlar soni 95 nafar ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10 oktabr kuni Turkiyaning Anqara shahri markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig‘ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan terakt sodir etilgan edi.