Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:07 / 11.10.2015
3639
1 daqiqa o‘qiladi
Chadda 5 nafar terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan teraktlarda 36 kishi halok bo‘ldi
Chad hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi Baga Sola qishlog‘ida 5 nafar terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan teraktlarda 36 kishi halok bo‘ldi va 50 ga yaqin kishi yaralandi.
Hukumatning ta'kidlashicha, hujumlar uchun qo‘shni Nigeriyada harakat qiluvchi “Boko Haram” radikal guruhi javobgar. Qayd etilishicha, terrorchilar orasida 2 ayol, bir erkak va 2 nafar balog‘atga yetmagan bola bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish