10:18 / 11.10.2015
6670

Garet Beyl: «Bu hayotimdagi eng yaxshi mag‘lubiyat»

Uels terma jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl terma jamoa mag‘lubiyatidan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu hayotimdagi eng yaxshi mag‘lubiyat bo‘ldi. O‘yin og‘ir kechdi, ammo biz Yevropa chempionatiga yo‘l oldik. Hammasi ijobiy yakun topganidan xursandmiz.
Katta xalqaro musobaqaga yo‘l olish mening bolalikdagi orzuim edi. Ammo biz erishgan muvaffaqiyatlarimizdan to‘xtab qolmasligimiz kerak, Fransiyada qiladigan ishlar bizni kutmoqda.
Maydonda terma jamoaning barcha a'zolari aka-ukadek. To‘pni yo‘qotishimiz bilan barchamiz uni qaytari olishga harakat qilamiz. Endi o‘zimizni yanada kuchliroq jamoalarga qarshi sinab ko‘ramiz», - dedi Beyl.

Top