08:46 / 11.10.2015
3812

Isroilliklar bilan to‘qnashuvlarda bir kunda 9 falastinlik halok bo‘ldi

10 oktabrda G‘azo sektorida isroilliklar bilan bir qator to‘qnashuvlarda 9 falastinlik halok bo‘ldi, deb yozmoqda Haaretz nashri. Ikkala tomondan 16 kishi jarohat oldi.

Halok bo‘lganlar orasida 2 nafar o‘smir bor. Ular G‘azo sektori bilan chegarada norozilik namoyishida politsiya tomonidan o‘ldirildilar.

Qayd etilishicha, politsiya arab deb o‘ylab, yahudiyni pichoqlagan isroillik o‘smirlarni qidirmoqda. 

9 oktabrda Isroil Qurolli kuchlari bilan to‘qnashuvlarda 97 nafar falastinlik halok bo‘lgan va 60 dan ko‘prog‘i yaralangan. Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi to‘qnashuvlarda esa bir falastinlik halok bo‘lgan va 400 dan ko‘prog‘i yaralangan. Shuningdek, bir necha nafar isroillik ham jarohat olgan. 

Top