Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mishel Obama AQShning yangi yadroviy suv osti kemasi ishga tushirilishiga bag‘ishlangan marosimda qatnashdi
Qo‘shma Shtatlarning birinchi xonimi Mishel Obama Konnektikutdagi kemasozlik verfida yangi USS Illinois yadro suv osti kemasining suvga tushirilishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi, deya yozmoqda Chicago Tribune.
Mishel Obama kema bortida shampan vinosi shishasini sindirib, suv osti kemasi muhandislari va quruvchilari, shuningdek, dengizchilarni tabrikladi. U suv osti kemasini texnik mo‘'jiza deb atadi.
“U eng zamoviy stels-texnologiya (radar to‘lqinlaridan yashirinishga xizmat qiluvchi texnologiya), gidrolokatorlar va kerakli miqdordagi Best Buy biznesi (AQShdagi yirik elektronika riteyleri)dan xalos bo‘lish uchun yuqori samaraga ega ekranlar bilan ta'minlangan”, - deya qo‘shimcha qildi mamlakat prezidentining turmush o‘rtog‘i.