08:33 / 11.10.2015
6296

Obama prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagini bildirgan rep ijrochi Kane Uestga maslahat berdi

AQSh prezidenti Barak Obama 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagini bildirgan rep ijrochi Kane Uestga bir nechta maslahat berdi, deb xabar bermoqda France 24 telekanali.

“Birinchi navbatda, siz ko‘p vaqtingizni o‘zini xuddi realiti-shoudagidek tutayotgan  ba'zi g‘alati personajlar bilan ishlashga sarflashingiz lozim”, deb hazilomuz tarzda maslahat berdi Obama rep ijrochiga.  

Obama, shuningdek, Uestning uning “My Beautiful Dark Twisted Fantasy” (“Mening chiroyli qora egri fantaziyam”) albomi nomidagi kabi bayonotlar istalgan siyosatchi uchun xavfli ekanidan ogohlantirdi.

“Siz haqiqatda bu mamlakat kulguli ismga ega, Chikagoning janubidan bo‘lgan qora tanli yigitni AQSh prezidenti etib tanlaydi deb o‘ylaysizmi? Bu telbalik”, deb ta'kidlab o‘tdi Obama o‘zining rep ijrochi bilan o‘xshash jihatlariga urg‘u berib.

Avvalroq rep ijrochining rafiqasi Kim Kardashyan o‘z turmush o‘rtog‘ining prezident saylovlarida ishtirok etish istagi jiddiyligiga ishonishini aytgan edi.

Top