Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda Anqaradagi teraktni qoralovchi kurdlar namoyishi bo‘lib o‘tdi
Anqaradagi teraktni qoralab 10 oktabrda Parij ko‘chalariga aksariyat qismi kurdlardan iborat bo‘lgan minglab namoyishchilar chiqdilar.
Namoyish Parijning Respublika maydonida politsiyani rasmiy ogohlantirmagan holda bo‘lib o‘tdi.
Namoyishning bosh tashkilotchisi bo‘lgan Demokratik ittifoq kurd partiyasining fransuz bo‘limida berilgan bayonotda partiya bo‘limi “Anqarada sodir etilgan qabih va jirkanch teraktni keskin qoralamoqda”. “Turkiya xalqlari tinchlik uchun kurashayotgan barchaga qarshi qaratilgan bunday tajovuz bilan o‘zlarini qo‘rqitishga yo‘l bermaydilar”, deyilmoqda bayonotda.
Shuningdek, kurdlar namoyishlari katta kurd jamoatchiligi yashaydigan Marselda ham bo‘lib o‘tdi. 400 dan ko‘proq odam Strasburg ko‘chalariga chiqdi. Ular terakt qurbonlari xotirasini bir daqiqalik sukut saqlash bilan yod etdilar.
Terrorchilarga qarshi qaratilgan yangi miting va namoyishlar 11 oktabrda Parij, Lion va Tuluza shaharlarida bo‘lib o‘tadi.