Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiyaning Suriyada bo‘lishi suriyalik harbiylarning operatsiyalari bilan cheklangan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Suriyadagi operatsiyalari muddati suriyalik harbiylarning hujumga o‘tishlari operatsiyalari bilan cheklanadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Putin “Voskresnyy vecher s Vladimirom Solovevym” teledasturiga bergan intervyusida aytdi.
“Biz o‘z bo‘ynimizga ortiqcha majburiyatlarni ololmaymiz va hech qachon olmaganmiz. Men boshidan aytganman, bizning Suriyadagi ishimizning faol bosqichi vaqt bo‘yicha Suriya armiyasi hujumga o‘tish operatsiyalari muddati bilan cheklanadi”, deb ta'kidlab o‘tdi Putin.
Putin, shuningdek, Rossiya Suriyadagi dinlararo ixtiloflarga aralashishni istamayotganini hamda hech kimni shialar va sunniylarga ajratmasligini aytdi. Putin Moskva Suriyada shialar tarafida sunniylarga qarshi kurashayotgani haqidagi taxminni “yolg‘on-yashiq gap” deb aytdi.