Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:41 / 11.10.2015
5634
1 daqiqa o‘qiladi
Putin Sochida Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri bilan uchrashdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Al aud bilan Sochida uchrashdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Uchrashuvda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov, Ingushetiya rahbari Yunusbek Yevkurov, energetika vaziri Aleksandr Novak ham ishtirok etdi.
Ma'lum qilinishicha, Putin avvalroq Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad Al-Nahayan bilan uchrashgan.