Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Suriyada olib borilayotgan operatsiyalarga boshqa davlatlar qo‘shilishiga umid bildirdi
Prezident Vladimir Putin Moskvaning Suriyadagi olib borayotgan operatsiyalariga boshqa davlatlar ham qo‘shilishiga umid bildirmoqda, deb xabar qiladi RIA «Novosti».
“Suriyadagi bo‘layotgan voqealarga barham berish uchun o‘z xohish-istaklarini amalga oshirishning eng oddiy yo‘li, bizga qo‘shilib, biz bilan harakat qilmoqdir. Bizda rasmiy hukumat tomonidan berilgan hujjat bor ekan, ana shu hujjat doirasidan chiqmasdan biz bilan hamkorlik qilish eng oddiy va to‘g‘ri yo‘ldir. Ammo biz bu masalada, o‘z hamkasblarimiz va hamkorlarimiz bilan kelisha olmadik. Ammo biz buni amalga oshirish mumkinligidan umidimizni uzganimiz yo‘q”, - dedi Putin.
Prezident yana shuni ta'kidladiki, o‘z mutaxassislari Suriyadagi terrorchilarga qarshi birgalikda kurashish rejasi bilan Pentagonga yo‘l oldi.