Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:29 / 11.10.2015
6263
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Mudofaa vazirligi va Pentagon Suriya masalasida videoanjuman o‘tkazdi
Rossiya va AQSh Mudofaa vazirliklari vakillari 90 daqiqalik videoanjuman o‘tkazib, unda Suriya havo hududida parvozlar xavfsizligi masalalarini muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
“Muzokaralar xavfsizlikni ta'minlash aniq tartibotlarini amalga oshirish masalalariga qaratildi”, deyilmoqda xabarda.
Muzokaralar davomida muayyan siljishga erishildi, davlatlar yaqin orada muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.