Jahon | 23:25 / 11.10.2015
5296
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni Bashar Asadning hukumat tepasida turishini inkor etishda davom etadi

Saudiya Arabistoni Bashar Asadning Suriya hukumati tepasida turishini inkor etishda davom etadi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

Bu haqda Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Rossiya hukumati vakillari bilan uchrashuv doirasida aytib o‘tishgan.

“Biz Bashar Asadning Suriyadagi hukumatiga bo‘lgan qarashimizni o‘zgartirmaymiz va muxolifatni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz”, - dedi al Jubayr Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bo‘lgan uchrashuv so‘ngida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish