19:57 / 11.10.2015
12429

Suriya mojarosi: Hafta davomida Yaqin Sharq mintaqasiga bog‘liq holda sodir bo‘lgan muhim voqealar (5-11 oktabr)

Quyida hafta davomida "Suriya mojarosi" bo‘yicha yuz bergan eng muhim yangiliklarni takroran havola qilamiz.(5-11 oktabr).

Rossiya Mudofaa vazirligi: IShID Suriyada Rossiya aviatsiyasiga bo‘hton ag‘darish uchun masjidlarni portlatishi mumkin>>

Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov vazirlik IShID jangarilari Palmira va Suriyaning boshqa joylarida Rossiya aviatsiyasini ayblash maqsadida masjidlarni portlatishi ehtimoli mavjudligini istisno qilmayotganini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Oq Uy: Suriyadagi vaziyat AQSh va Rossiya o‘rtasidagi bilvosita urushga aylanmaydi>>

Oq Uyning rasmiy vakili Josh Ernest Suriyadagi ixtilof AQSh va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilikka aylanmasligini ta'kidladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Reuters: Sulaymoniy Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasida asosiy o‘rin tutmoqda>>

Eronlik general, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tarkibidagi “Kods” bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning 2015 yil iyulida Moskvaga tashrif buyurishi Rossiya tomonidan Suriyada operatsiya o‘tkazish rejalarining yaratilishiga zamin bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

OAV: Suriyada qo‘rqmagan g‘alaba qiladi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Suriya ixtilofidagi ishtirokini faollashtirishdan qochayotgan bir paytda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirishga intilmoqda. Shunday ekan, The Weekly Standart nashrining fikricha, bu jangda eng jasur g‘alaba qozonadi.

FT: Rossiya va AQSh Suriyada o‘zlarini aqlsiz tutmoqda>>

Vladimir Putin Suriyada harbiy kampaniya o‘tkazib, shu yo‘l bilan o‘zining Yaqin Sharqdagi o‘rnini mustahkamlamoqchi, deb hisoblaydi The Financial Times nashri.

Shoygu: To‘rtta Rossiya kemasidan Suriyadagi IShID nishonlariga raketa zarbalari berildi>>

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Kaspiy dengizi havzasida joylashgan 4ta Rossiya harbiy kemasidan Suriyadagi IShID nishonlariga qarata 26ta raketa uchirilganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar berdi.

Dovudo‘g‘li: Rossiyaning Suriyadagi 57 zarbasidan faqat 2tasi IShIDni nishonga olgan edi>>

Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘lining bayonotiga ko‘ra, Rossiyaning Suriyadagi 57 zarbasidan faqat 2tasi IShIDni nishonga olgan edi, qolganlari esa muxolifat pozitsiyalariga berilgan. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.

Suriya armiyasi Rossiya aviatsiya ko‘magida IShIDga hujum qiladi>>

Reuters agentligi Suriya huquq himoyachilariga ishongan holda Suriya armiyasi va Damashqqa sodiq ko‘ngilli kuchlar radikallarga qarshi yer usti operatsiyasini hozirlayotganini ma'lum qildi. Bu Rossiya operatsiya boshlaganidan buyon Suriya armiyasining birinchi yirik yer usti operatsiyasi bo‘ladi.

Putin: AQSh Rossiyaga IShID koordinatalarini berishi lozim>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh mudofaa vazirligiga IShIDning pozitsiyalari xususida ma'lumot taqdim etishi lozimligini aytib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

AQSh boshchiligidagi koalitsiya asosan IShIDning Iroqdagi bazalariga zarba bermoqda>>

Reyter nashrida yozilishicha, AQSh va ittifoqchilar koalitsiyasi asosan IShIDning Iroqdagi bazalariga zarba bermoqda. 

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada "IShID" pozitsiyalariga Rossiya kemalaridan zarba berilgani videosini chop etdi>>

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada "IShID" jangarilari pozitsiyalariga Rossiyaning Kaspiy flotiga tegishli harbiy kemalardan qanotli raketalar bilan zarba berilgani tasvirlangan videoni chop etdi.

Pentagon: AQSh Rossiya bilan faqat uning Suriyadagi strategiyasi o‘zgarganidan so‘ng hamkorlik qila boshlaydi>>

Rossiya Suriyada “yanglish strategiyasi”ni davom ettirar ekan, AQSh u bilan hamkorlik qilmaydi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter bayonot berdi.

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasidan ko‘zlangan maqsadlardan xabardor etdi>>

Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvi davomida Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalaridan ko‘zlangan maqsad nimadan iboratligi haqida tushuntirish berdi. Bu haqda 7 oktabrda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Rossiya TIV: AQSh kimga qarshi jang qilyapti o‘zi?>>

Rossiya tashqi ishlar vazirligi AQShning IShID pozitsiyalari bo‘yicha axborot almashishdan bosh toritshiga munosabat bildirib o‘tdi.

AQSh Davlat departamenti: Rossiya aviatsiyasining 90 foiz aviazarbalari IShID va "Al-qoida" jangarilariga qarshi qaratilmagan>>

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘i Jon Kirbi 7 oktabrda chiqish qilib, Rossiya harbiy-koinot kuchlari tomonidan Suriyada amalga oshirilayotgan 90 foiz aviazarbalar IShID va "Al-Qoida" terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi emas, balki Suriya muxolifatiga qarshi qaratilayotganini aytdi.

WSJ: AQShning NATOdagi elchisi Suriyada "Rossiya harbiy bataloni" borligini ma'lum qildi>>

AQShning NATOdagi doimiy vakili Duglas Lyut Suriyada bir batalon miqdorida rossiyalik harbiylar borligini ma'lum qildi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.

Manba: Suriya armiyasi bir kun ichida 8 ta aholi punktini ozod qildi>>

Suriya qo‘shinlari Xama viloyatining shimolida katta miqyosdagi harbiy operatsiyani boshlagandan bir kun o‘tib, 8 ta aholi punktini ozod qildi, deb xabar berdi 8 oktabr kuni "RIA Novosti" axborot agentligiga suriyalik harbiy manba.

Saudiya Arabistoni suriyalik isyonchilarga yordam berishni kuchaytiradi>>

Saudiya Arabistoni Suriyadagi uchta isyonchi guruhga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytiradi. Bu haqda G‘arb matbuoti mamlakat hukumatidagi manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Poroshenko: Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi uchinchi jahon urushini yaqinlashtirdi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning fikricha, Rossiya Suriyadagi ixtilofga aralashishi bilan uchinchi jahon urushi boshlanishini yanada yaqinlashtirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Pentagon rahbarining Rossiya harbiy yo‘qotishlarga uchrashi haqidagi gapini "orsizlik" deb atadi>>

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov Pentagon rahbari Eshton Karterning Rossiya yaqin kunlarda Suriyada harbiy yo‘qotishlarga uchrashi mumkin, degan gapiga izoh berib o‘tdi.

Obama: Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi uning pozitsiyasi zaiflashayotganini ko‘rsatmoqda>>

AQSh prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Suriyadagi harbiy operatsiyalar Rossiyaning Yaqin Sharqdagi pozitsiyasini zaiflashayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda u CBS kanaliga bergan intervyusi davomida aytib o‘tgan.

NATO uchuvchilariga “hayotiga tahdid” tug‘ilsa, Rossiya samolyotlariga hujum qilishga ruxsat berildi>>

NATO mamlakatlari, shu jumladan, britaniyalik “Tornado” ko‘p maqsadli qiruvchilari harbiy uchuvchilariga Iroq havo kengliklarida “ular hayotiga tahdid” tug‘ilgan taqdirda, Rossiya harbiy samolyotlariga hujum qilishga ruxsat berildi.

Rossiya aviatsiyasi Suriyada bir kunda 64ta harbiy parvozni amalga oshirdi>>

Rossiya harbiylari Suriyada jangarilar pozitsiyalariga qarata aviazarbalar berishda davom etmoqda, deya xabar qildi “Interfaks”.

Top