15:10 / 11.10.2015
27160

Toshkentlik oshiq sevgilisiga O‘zbekistondagi eng ulkan guldastani tortiq qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt yo‘llarida evakuatorda olib ketilayotgan ulkan guldasta fotosuratlari paydo bo‘ldi.
Fotosuratda Evakuatorning ochiq bortiga ortilgan atirgullardan iborat katta guldastani 4-5 yigit ushlab ketayotganini ko‘rish mumkin.
Mazkur guldastani kim buyurtirgani, guldastadan qancha atirgul joy olgani haqida ma'lumotlar berilmagan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, dunyodagi eng katta atirgul guldastasi 2005 yilda Qatar shahzodasining to‘yi munosabati bilan yasalgan bo‘lib, u Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin egallagan. Qatar poytaxti Doxa shahrida piramida shaklida yasalgan guldastaning balandligi 15 metr, vazni 42 tonnani tashkil etgan. 800 metr kvadrat maydonni egallagan guldasta uchun Ekvador va Tailanddan atirgullar sotib olingan.

Top