Fan-texnika | 09:39 / 11.10.2015
8086
2 daqiqa o‘qiladi

TrioBike – yuk tashuvchi velosiped

TrioBike deb ataluvchi oilaviy velosiped qoyilmaqom transport vositasi bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega, uni oddiy velosipedga yoki yuk tashuvchi aravachaga aylantirish juda oson.

TrioBike — yangilik emas, balki vaqt sinovidan o‘tgan yuk velosipedi, undan Daniyada 2004 yildan buyon foydalanib kelinadi.

Uni o‘zgartirish juda oson. Buning uchun “yuk bo‘lmasi”ni ajratish va zaxira g‘ildirakni qo‘yish kerak bo‘ladi. Ikki daqiqa ichida velosipedda sayohatga otlanish mumkin.

“Biz dastlab bolalarni bog‘chaga olib borib, so‘ngra aravachani olib qo‘yib ishga otlanish mumkin bo‘lgan velosipedni yaratmoqchi edik”, deydi Semmi Ayzinger, TrioBike loyihasi asoschisi.

2009 yilda TrioBike foydalanuvchilarining istaklarini inobatga olib velosipedni yangilashdi. Endilikda uning og‘irligi 31,5 kg bo‘lib, bozordagi eng yengil yuk velosipedi hisoblanadi. Uning kabinasiga 4 nafar bola yoki 2 nafar katta yoshdagi kishi joylashishi mumkin. 

TrioBike eng xafsiz transport vositasi hisoblanadi va Yevropa, AQSh, Yaponiya, Kanadada undan unumli foydalanishadi.